Scroll to top

Jahon avtomobilsozligi tarixi bo'limi

Haqiqiy «Folksvagen qo‘ng‘iz», «Moskvich-400», GAZ-13 «Chayka»ni ko‘rishni xohlaysizmi? Muzey ekspozitsiyasi taqdim etadigan jahon avtomobilsozliginingnodir  namunalari ro‘yxati bular bilangina cheklanmaydi.
«Jahon avtomobilsozligi tarixi» bo‘limi nafaqat retro-avtomobillar ixlosmandlari, balki oddiy kishilar e’tiborini ham o‘ziga jalb etadi. 
Bu yerda insoniyatning buyuk kashfiyoti – g‘ildirakning ixtiro qilinishi tarixi bilan tanishish; tezkor harakat davrining darakchilari bo‘lmish ilk avtomobillar  maketlarini ko‘rish; seriyali ishlab chiqarilgan birinchi avtomobil tarixidan boxabar bo‘lish mumkin.
O‘zbekistonda birinchi tramvay, avtobus yoki trolleybus qachon paydo bo‘lganidan xabardormisiz? Siz O‘zbekiston transport tarixi bilan tanishish barobarida,  «Navoiy ko‘chasi» installyatsiyasi orqali 1950-yillar muhitiga tushib qolasiz va Toshkentning eng mashhur ko‘chasi o‘tmishda qanday bo‘lganini eslaysiz.
Ekspozitsiyaning «O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi» bo‘limi yurtimizdagi qishloq xo‘jalik texnikasi tadrijiy rivojlanishi haqida batafsil hikoya qiladi. Ma’lumki, O‘zbekistonning aynan qishloq xo‘jalik mashinasozligi sohasidagi ko‘p yillik tajribasi respublikamiz avtomobilsozligi uchun poydevor vazifasini o‘tagan edi.  
Bu yerda yerga ishlov beruvchi mehnat qurollari – ketmon va omochdan boshlab, bugungi zamonaviy Axos-340 CLAAS traktorlari qishloq xo‘jaligi texnikasi taraqqiyotini kuzatish mumkin.
Ushbu ekspozitsiyasidagi “Dreza” samokati, “Kulibin” mexanik aravasi, N.Kyunyo par dvigatelli aravasi, Karl Bensning birinchi ichki yonuv dvigatelli “Motorwagen” avtomobili, Fordning “Model T” avtomobili, Bugattining “Type 35” modeli Toshkent shaxridagi Turin politexnika universiteti talabalari tomonidan yaratilgan.